💻Dart

Dart har qanday platformada tezkor ilovalarni ishlab chiqish uchun dasturchiga interfeyslarni yasashga optimallashtirilgan dasturlash tili. Uning maqsadi ko'p platformali dasturlarni ishlab chiqish uchun eng samarali dasturlash tilini taklif qilishdir, ilova ramkalar uchun esa moslashuvchan turli platformalarda ishlay olishni taklif qiladi.

Dasturlash tillari ularning texnik jihatlari bilan belgilanadi, tilning imkoniyatlari va kuchli tomonlarini tilning rivojlanish jarayonida qilingan tanlovlar hal qiladi. Dart'da esa foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish uchun dasturchiga kerakli jihatlarga ko'proq ahamiyat qaratilgan va shu o'rinda mobile, web hamda desktop platformalariga muammosiz kompilyatsiya bo'lishini ta'minlaydi. Dart shuningdek Flutter'ni asosiy qismini tashkil qiladi. Flutter uchun dasturlash tilini va ilovalarni ishlashi uchun muhitni Dart taminlaydi shuningdek, kodni formatlash, tahlil qilish va sinovdan o'tkazish kabi ko'plab asosiy ishlab chiqishdagi vazifalarini ham qo'llab-quvvatlaydi.

Dart dasturlash tili

Dart dasturlash tili type safe: u o'zgaruvchining qiymati har doim o'zgaruvchining statik type'ga mos kelishini ta'minlash uchun statik turdagi tekshirishdan foydalanadi.Garchi type'lar majburiy bo'lsada, type annotatsiyalarini yozish xohishga qarab chunki Dart'da type inference mavjud bo'lib type'larni avtomatik ravishda aniqlay oladi.Bu bilan Dart sizni doim type'lar bilan ishlashga majbur qiladi degani emas ba'zi eksperimentlar va kodni dinamik bo'lishi zarur bo'lgan qismlari uchun dynamic type'dan ham foydalanishga imkon beradi.

Dart hech qanday qo'shimchalarsiz sound null safety'ni qo'llab quvvatlaydi. Bu shuni anglatadiki siz qiymatni null bo'lishini aytsangizgina null bo'ladi. Sound null safaty bilan, Dart sizning dasturingiz ishlash jarayonida uchrashi mumkin bo'lgan null exception'larni statik kod tahlili orqali himoya qiladi. Boshqa null-safe tillardan farqli o'laroq,Dart o'zgaruvchini non-nullable deb belgilasa u o'zgaruvchi hech qachon null bo'lmaydi. Agar siz ishlayotgan kodni debugger'da tekshirsangiz non-nullability ish davomida ham sound null safety borligi uchun saqlanib qolganini ko'rishingiz mumkin.

Dart kutubxonalari

Dart asosiy kutubxonalarga boy bo'lib, ko'plab kundalik dasturlash vazifalariga zarur bo'lgan funksionalliklarni taqdim etadi:

  • Built-in types, to'plamlar, va boshqa asosiy funksionalliklarni xar bir Dart dasturi uchun (dart:core)

  • Ko'plab to'plamlar ya'ni queue, linked list, hashmap, va binary tree uchun (dart:collection)

  • JSON va UTF-8 kabi turli xil maʼlumotlar koʻrinishlari oʻrtasida konvertatsiya qilish uchun kodlovchilar va dekoderlar (dart:convert)

  • Matematik konstantalar va funksiyalar, tasodifiy sonlarni hosil qilish uchun (dart:math)

  • Future va Stream kabi class'lar bilan asinxron dasturlashni qo'llab-quvvatlash (dart:async)

  • Qat'iy o'lchamdagi ma'lumotlarni samarali boshqarish uchun (dart:typed_data)

  • File, socket, HTTP va boshqa I/O jihatlarini qo'llab quvvatlash uchun(web ilovalaridan tashqari) (dart:io)

  • C uslubidagi interfeysni taqdim etadigan boshqa dasturlash tillari qulayliklaridan foydalanish uchun (dart:ffi)

  • Bir nechta topshiriqlarni bir vaqtda bajarish uchun, bir-biridan mustaqil va thread'larga o'xshaydigan lekin xotirani ulashmaydi, faqat xabarlar orqali aloqa qiladigan isolate'lar ishlatiladi (dart:isolate)

  • HTML elementlari va boshqa webga taalluqli ilovalar brauvzer va Document Object Model (DOM) bilan aloqa qilishi uchun (dart:html)

Last updated

Was this helpful?